
"Real Madrid" yana bir frantsuzni jamoaga olib kelmoqchi
Madridning "Real" klubi "Lill"dan Leni Yoroning transferiga yaqin turibdi.
Klublar 18 yoshli himoyachining transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bitim bonuslarni hisobga olmaganda taxminan 40 million evroni tashkil qilishi mumkin, deya xabar beradi "The Athletic" nashri.
Madridliklar futbolchiga 6 yillik shartnoma taklif qilishlari kutilmoqda. Futbolchining o‘zi kelasi yil yozda transfer amalga oshmasa, erkin agent sifatida "Real"ga o‘tishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda frantsuz Liga 1'da 32 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.
Fikrlar