"Real Madrid"ning sobiq futbolchisi Qirg‘iziston terma jamoasini boshqaradi!
Xorvatiyalik Robert Prosinechki Qirg‘iziston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Qirg‘iziston futbol ittifoqi (KFU) matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uning shartnomasi 1 yil va 1 oy davom etadi. Agar jamoa 2026 yilgi Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli natija ko‘rsa, Prosinechki bilan shartnoma yana 3 yilga uzaytiriladi.
Robert futbol olamida tanilgan mutaxassis hisoblanadi. U Avstriya, Bosniya va Chernogoriya milliy jamoalarini boshqargan, Xorvatiya terma jamoasida assistent bo‘lgan, shuningdek bir qator Evropa klublarida, jumladan Turkiya ham ishlagan. Futbolchi sifatida esa u “Real Madrid”, “Barselona” va “Tsrvena Zvezda” kabi mashhur klublarda asosiy o‘yinchi bo‘lgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida terma jamoasi tarkibida bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar