“Real” maydonida “hunar” ko‘rsatgan raqib og‘ir jazoga tortildi

  • 26.12.2025 21:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining 17-turida “Real” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Sevilya”ni qabul qilib, raqib ustidan 2:0 hisobida muvaffaqiyat qozongan edi.

Uchrashuvning kulminatsion nuqtasi 68-daqiqaga to‘g‘ri keldi. “Sevilya” o‘yinchisi Markao ikkinchi ogohlantirishni olib, maydondan chetlatilgan vaziyatda janjal chiqardi.

Markao o‘zini maydondan chetlatgan bosh hakamni haqorat qildi.

Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasining intizom qo‘mitasi Markaoni jiddiy jazoga tortdi. Marca nashrining xabar berishicha, Markao “Santyago Bernabeu”dagi no‘rin xatti-harakatlaridan so‘ng olti o‘yinga diskvalifikatsiya qilinldi.

Braziliyalik legionerga qo‘llanilgan jazoning eng og‘ir qismi aynan hakamga nisbatan qilingan haqorat va og‘zaki tajovuzlar bilan bog‘liq bo‘ldi. Shuning uchun Markao to‘rt o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Qolgan ikki o‘yinlik diskvalifikatsiyani esa 29 yoshli himoyachi ikkita sariq kartochkadan so‘ng chetlatilgani va sportga xos bo‘lmagan xulq-atvori uchun oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!