"Real" Mbappe uchun 100 mln to‘lashga tayyor!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappening kelajagi so‘roq ostida turibdi.

L'Equipe nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Mbappe Parij klubi bilan bitimni uzaytirmasa, futbolchining transferi uchun Madridning "Real" klubi 100 mln evro to‘lab berishga tayyor.

Frantsiyalik forvard va PSJ o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilga qadar amal qiladi.

Avvalroq, futbolchi klub rahbarlariga 2020/21 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng, jamoadan ketish niyatida ekanligini ma’lum qilgan.

Shu qatorda, Mbappega "Liverpul" klubi ham xaridorlik qilayotgani va uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun "Real" bilan kurash olib borishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!