
“Real” Mbappe uchun bir futbolchisini “qurbon qiladi”
“Real” rahbariyati jamoa tarkibiga Kilian Mbappeni qo‘shib olish yo‘llarini qidirmoqda, deb yozdi TodoFichajes nashri.
24 yoshli frantsiyalik yulduzning transferi 180 million evroga baholanmoqda. Madridliklar bu narxni pasaytirish uchun PSJga o‘z o‘yinchisini taklif qilishni rejalashtiryapti.
Manbaning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” Mbappe transferiga himoyachi Ferlan Mendini qo‘shmoqchi. Parijliklar 28 yoshli futbolchi yordamida himoyaning chap qanotini mustahkamlashni maqsad qilgan.
Transfermarkt portali frantsiyalik himoyachini 35 million evroga baholagan.
Fikrlar