“Real” Modrich darajasida o‘ynaydigan yangi yulduz topdi
“Oltin to‘p” sohibi – Luka Modrich “Real”ni tark etganidan beri “Qirollik klubi” xorvatiyalik futbolchi darajasida o‘ynay oladigan pleymeyker qidirayotgan edi.
Endi madridliklar bu pozitsiyaga “Liverpul” yarim himoyachisi Aleksis MakAllisterni olishni ma’qul topdi va argentinalik yulduzni yozgi transfer oynasi uchun ustuvor nishonlar qatoriga kiritdi.
Ma’lum qilinishicha, 27 yoshli futbolchi klubni tark etgan Luka Modrich ketganidan keyin markazni kuchaytirish uchun ideal nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Klubdagilar uning texnik mahorati, taktik saviyasi va maydondagi hotirjamligini yuqori baholamoqda hamda uni xorvat afsonasi bilan taqqoslashmoqda.
Agar transfer amalga oshsa, MakAllister “Real” yarim himoyasi uchun uzoq muddatli loyihaga aylanishi mumkin.
Fikrlar