
"Real" muxlislari uchun ajoyib xushxabar
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Karim Benzema jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgani va La Liganing 7-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Osasuna”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkinligini aytdi.
"Benzema juda yaxshi jismoniy holatda. Ertaga u dastlabki daqiqalardan maydonga tushadi.
Nega u oxirgi o‘yinlarda gol ura olmayapti? Chunki Karim o‘yinga tushmadi (kuladi). U har doimgidek mashg‘ulotlarda a’lo darajada qatnashmoqda", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
"Real" - "Osasuna" uchrashuvi 2 oktyabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar