
"Real" muxlislari uchun noxush xabar: birato‘la 2 etakchi futbolchi safdan chiqdi
"Real" klubining "Tvitter" tarmog‘idagi rasmiy sahifasi jamoa etakchilari Kazemiro va Eden Azarda koronavirus aniqlanganini rasman ma’lum qildi.
Xabarla aytilishicha, futbolchilarning juma kuni ertalab topshirgan test natijalari ijobiy ko‘rsatkich bergan. Klubning qolgan barcha xodimlarida bunday holat kuzatilmagan.
Endi futbolchilar "Valensiya"ga qarshi o‘yinni va terma jamoalari safida FIFA kunlari doirasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar