"Real" MYu himoyachisiga qiziqib qoldi

  • 05.04.2019 10:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Erik Bayi "Real" Madridning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” ushbu transferni amalga oshirishda ortiqcha muammolarga duch kelmaydi. Chunki, 24 yoshli ivuarlik futbolchi MYu bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsherning rejalariga kirmaydi.

Ma’lumot uchun, Bayi “Manchester Yunayted” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum bor yo‘g‘i 17ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!