
"Real" narx ko‘tarilib ketishidan cho‘chimoqda
"Real" Madrid klubi "Renn" xavbeki Eduardo Kamavingani joriy yozgi transferlar davridayoq qo‘lga kiritmoqchi.
RMC Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “qirollik klubi” “Renn” Chempionlar ligasida qatnashgach, Kamavinganing transfer narxi keskin ko‘tarilib ketishidan xavotir olmoqda. O‘z navbatida frantsuz klubi ham evrokuboklarda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun Eduardoni tarkibda saqlab qolmoqchi va “Real”dan bo‘ladigan har qanday taklifni rad etmoqchi.
Hozirgi paytda 17 yoshli Kamavinganing transfer narxi 37,5 mln evroga baholanmoqda. U joriy mavsum “Renn” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar