"Real" Neymarning transferiga Kazemironi qo‘shib bermoqchi

  • 19.06.2019 11:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi Neymarni sotib olish masalasida bosh qotirmoqda.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 27 yoshli braziliyalik futbolchining transferiga o‘zining boshqa bir braziliyalik futbolchisi – Kazemironi qo‘shib berishi ham mumkin. O‘z navbatida parijliklar ham mavsumlar oralig‘ida o‘zlarining markaziy chiziqlarini kuchaytirishmoqchi va Kazemiro ular uchun bu borada ajoyib taklif bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham Kazemironing o‘yinlaridan qoniqish xosil qilmoqda, biroq hozirda jamoada uning chizig‘ida futbolchilar etarli. Shu bois klub rahbariyati uni sotib yuborishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” Neymar evaziga PSJga 100 mln evro va unga qo‘shimcha ravishda 3ta futbolchisidan birini berishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, PSJ Neymarni 2017 yil 222 mln evro evaziga aynan “Barselona”dan sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!