"Real"ni italyaliklar yomon ko‘rib qoldi

  • 15.10.2026 08:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chorshanba kuni madridlik «Real» yana bir bor Chempionlar ligasi doirasida italyalik raqibga qarshi maydonga tushdi va yana g‘alaba qozondi. 

Sentyabrdagi «Inter» ustidan qo‘lga kiritilgan zafardan so‘ng bu safar navbat «Roma»ga yetdi — o‘yin 4:3 hisobida madridliklar foydasiga yakunlandi.

Mazkur bahs madrid klubining Evropaning eng nufuzli klub musobaqasida italyalik jamoalarga qarshi g‘oyat muvaffaqiyatli seriyasini yanada uzaytirdi.

«Real» so‘nggi 22 ta o‘yinning 20 tasida Italiya klublarini mag‘lub etgan. Shu davr mobaynida jamoa faqat ikki marta mag‘lubiyatga uchragan — 2018 yil aprelida «Yuventus»ga va 2024 yil noyabrida «Milan»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!