"Real" oʻz futbolchisini boshqa jamoaga joʻnatishni rejalashtirmoqda
Jamoani hujumkor yarim himoyachisi Franko Mastantuono tark etishi mumkin.
"Real Madrid" klubi kelasi mavsum uchun tarkib borasida rejalar tuzmoqda. Jamoani hujumkor yarim himoyachisi Franko Mastantuono tark etishi mumkin.
OK Diario nashrining xabar berishicha, "qaymoqranglilar" futbolchini boshqa jamoaga ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ko‘rinib turibdiki, "Real" Mastantuono muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini va rivojlanishini istamoqda. Avvalroq, qishda madridliklar Endrikni "Lyon"ga yuborgan edi. Yozda braziliyalik futbolchi yana jamoaga qaytishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Franko o‘tgan yozda "qirollik klubi" safiga qo‘shilgan. Shundan beri argentinalik futbolchi 27 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.

Izohlar (0)