“Real” oʻz yulduzini sotish uchun “dahshatli” narx qoʻydi
Hozircha bitta aniq xaridor bor
«Real»ning fransiyalik yarim himoyachisi Orelien Tchuamenining klubdagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.
Defensa Central ma’lumotiga ko‘ra, Madrid klubi tajribali futbolchini bu yozda sotilishi kerak bo‘lgan o‘yinchi, deb hisoblamaydi. Biroq katta summa beradigan da’vog‘ar chiqsa, madriddliklar taklifni ko‘rib chiqadi.
«Qirolik klubi» Tchuamenining transferi bo‘yicha faqat kamida 120 million yevro miqdoridagi takliflarni ko‘rib chiqadi. Tchuameniga hali ham «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda va klub futbolchining maosh bo‘yicha talablarini qondirishga tayyor.
Orelien Tchuameni 2022 yilda «Monako»dan 80 million yevro evaziga «Real»ga o‘tgan edi. Uning «Qirolik klubi» bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. 2025/26 yildagi mavsumda yarim himoyachi madriddliklar safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Izohlar (0)