“Real” o‘zi tarbiyalagan yulduzni qayta sotib oladi

  • 17 may, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Ashraf Hakimining qo‘yib yuborilishi xato bo‘lganini tushunib etdi.

Tecno

Joriy mavsumda Karlo Anchelotti jamoasida o‘ng qanot himoyachi nozik nuqta bo‘lib qoldi. Madridliklar o‘yinlarda tezligi pand berayotgan Dani Karvaxal o‘rniga boshqa futbolchi qidiryapti.

Fichajes nashrining yozishicha, mutasaddilar PSJda o‘ynayotgan marokashlik Ashraf Hakimini qaytarish masalasini ko‘targan.

24 yoshli futbolchi “Peal” talablari, klub an’analari va jamoa muhitidan yaxshi xabardor. O‘z vaqtida klub murabbiylar shtabi unga asosiy tarkibdan joy bermagani uchun Madridni tark etgandi.

Ashrafning o‘zi ham Madridga qaytishga qarshi emasligi aytilmoqda. Uning transferi 70 million evroga baholanyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!