
“Real” o‘zi voz kechgan o‘yinchini qaytarib oladi
“Real” joriy mavsumda himoya chizig‘ida jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Klub mutasaddilari himoya chizig‘ini yangilashni maqsad qilgan.
Yozda transfer qilinishi mo‘ljallanayotgan himoyachilar ro‘yxatiga ayni paytda “Latsio”da o‘ynayotgan Mario Xila ham kiritildi.
Aslida 24 yoshli futbolchi “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018-2022 yillar davomida klub tizimida faoliyat yuritgan. Biroq asosiy tarkibga kira olmagani bois, uni 6 million evro evaziga “Latsio”ga transfer qilishgan edi.
Markaziy himoyachining A Seriyadagi o‘yinlari “Real” skautlari e’tiboriga tushdi. Shuning uchun ham yozda uni ortga qaytarishmoqchi.
Madridliklar 28 million evroga baholanayotgan Xila uchun kurashda “Milan” klubi bilan raqobat olib borishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar