“Real” porlay olmagan “yulduzcha”sidan voz kechdi

  • 25 sentabr, 06:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi mutasaddilari qishki transferlar oynasi ochilishi oldidan tarkibni optimallashtirish bo‘yicha bir necha ishlarni amalga oshiradigan bo‘ldi.

Tecno

Klub direktorlari kengashi vakillari orasida braziliyalik yosh o‘yinchi Endrik jiddiy munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Bo‘lajak yulduz maqomida Madridga olib kelingan bu o‘yinchi hali ishonchni oqlay olgani yo‘q.

Madridliklar Evropa futboliga va “Real”ning ichki raqobatiga moslasha olmayotgan hujumchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun uni ijaraga jo‘natmoqchi. Endrik atrofida yuzaga kelgan bosim unga o‘z iqtidorini to‘liq namoyish qilish imkonini bermayapti.

Ispaniya matbuotining yozishicha, La Liganing bir necha klubi Endrikni yanvar oyida o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Xususan, “Sevilya”, “Selta” va liga debyutanti “Real Ovedo” yosh hujumchiga hamkorlik taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!