“Real” PSJ yulduzi uchun qancha to‘lashi aniq bo‘ldi

  • 26.12.2025 11:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi anchadan beri PSJ yarim himoyachisi Vitinyaga xaridor bo‘lib kelmoqda. Hozircha, madridliklar portugaliyalik futbolchining shartnomasidagi transferga oid bandlardan xabardor emas.

Xususan, bir necha manbalar Vitinyaning shartnomasida 90 million yevro miqdoridagi badal puli haqida band borligini va uni 2026 yildagi jahon chempionatidan keyin aktivlashtirish mumkinligini yozgandi. “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres bu band bor-yo‘qligi va unda qancha summa ko‘rsatilganidan qat’i nazar, o‘yinchini olish uchun xarajatdan qochmasligini ma’lum qilgan.

Bu haqida Defensa Central nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Vitinya shartnomasida badal puli haqidagi band borligi “Real” uchun prinsipial ahamiyat kasb etadi. Chunki Parij klubi madridliklar bilan keskin munosabatga egaligi uchun ularga o‘z o‘yinchisini to‘g‘ridan to‘g‘ri sotmaydi.

Joriy mavsumda Vitinya barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda qatnashib, beshta gol va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qildi. O‘yinchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 110 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!