“Real” qimmat futbolchini tekinga oladigan bo‘ldi

  • 19 iyul, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” rahbariyati mashhur va qimmatbaho o‘yinchilarni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni an’anaga aylantirib oldi.

Xususan, jahon futbolining eng qimmatbaho futbolchilaridan hisoblangan Kilian Mbappe ham Madridga har qanday shartnomadan xoli tarzda keldi.

Endi “Qirollik klubi” himoya chizig‘iga “Liverpul” vakili Trent Aleksander-Arnoldni olib kelmoqda. Madridliklar angliyalik futbolchini oldindan transferga ko‘ndirib bo‘ldi.

25 yoshli futbolchi boshlanayotgan mavsum tugaganidan keyin erkin agent maqomida “Real”ga ko‘chib o‘tishga rozilik berdi.

2016 yildan beri “Liverpul” asosiy jamoasida to‘p tepib kelayotgan himoyachining shartnomasi kelasi yoz tugaydi. Trent boshqa bitim imzolamaydi va mavsumni yakunlab, “Real”ga boradi.

Qanot himoyachisining transfer summasi 70 million evroga baholanmoqda. Madridliklar transferga pul sarflamaydi, lekin futbolchining o‘ziga klubni tanlagani uchun bonus to‘lab berishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!