“Real” qimmatbaho yulduzini sotadigan bo‘ldi

  • 13.12.2024 08:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”ning frantsiyalik legioneri Orelen Tchuameni faoliyatini o‘z yurtida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, PSJ 24 yoshli tayanch yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, Tchuameniga Parij klubi prezidenti Nasser Al-Xelaifiy shaxsan qiziqish bildirayotgan ekan. Shunga qaramay, PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike bu transferni qo‘llab-quvvatlayotgani yo‘q.

“Real” prezidenti Florentino Peres esa, keyingi paytda matbuot tomonidan ko‘p tanqid qilayotgan Tchuameni bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Madridliklar o‘z o‘yinchisini 80 million evrodan kam bo‘lmagan mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishi mumkin. Tchuamenining amaldagi bitimi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!