“Real” qishda futbolchi oladimi? Anchelotti javob berdi

  • 30.11.2024 19:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Xetafe”ga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. Mutaxassis jurnalistlarning qishki transfer haqidagi savoliga javob berdi.

“Hozir transferlar haqida o‘ylash, shunchaki vaqtni bekor ketkazishdir. Biz bu haqida kechroq o‘ylaymiz. Ba’zi narsalar o‘zgarishi mumkin. Bundan tashqari, Alaba ham o‘zini yaxshi his qilmoqda. Tez orada u ham qaytadi”,-dedi italiyalik murabbiy.

Oldinroq, David Alaba jarohati tufayli faoliyatini tugatishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!