"Real" qishda yangi futbolchilarni jalb qiladimi? Arbeloa aniq javob berdi!
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa transferlar mavzusidagi savolga javob berdi. Mutaxassis qishki transfer oynasida jamoani kuchaytirishni soʻramaganini ochiq aytdi.
"Menda ajoyib tarkib bor. Agar yana nimadir kerak boʻlsa, “Real” tarixida doim boʻlganidek, bizda kuchli yoshlar jamoasi mavjud", — dedi Arbeloa juma kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.
Ayni paytda Alvaro Arbeloa "Real"ni Ispaniya chempionati doirasida "Vilyarreal"ga qarshi safar oʻyiniga tayyorlamoqda. Uchrashuv shanba kuni, 24 yanvar sanasida boʻlib oʻtadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 01:00'da start oladi.
Hozirda "Real" La Liga turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam "Barselona"dan 1 ochko ortda qolmoqda.
Fikrlar