"Real" rahbariyati muxlislarga murojaat qildi

  • 14 iyul, 2020, 23:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi rahbariyati muxlislardan La Ligada qo‘lga kiritilishi kutilayotgan chempionlikni nishonlash uchun Madriddagi Sibeles maydonida to‘planmaslikni so‘ramoqda.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi hali ham koronavirusga qarshi jiddiy kurash olib bormoqda. Shu bois “Real” ham bo‘lajak chempionlikni Madrid ko‘chalarida nishonlashni rejalashtirmayapti.

Agar Zinedin Zidan jamoasi 16 iyul kuni La Liganing 37-turidan o‘rin olgan “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda ham g‘alaba qozona olsa, muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirib qo‘yadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!