“Real” rahbariyati natijalardagi pasayish sababini aniqladi

  • 16.01.2026 15:17
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Real" jamoasi rahbariyatining fikricha, soʻnggi paytlardagi qoniqarsiz natijalarning asosiy sabablaridan biri futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi yetarli emasligi deb hisoblamoqda. Bu haqida COPE nashri xabar bermoqda.

Manba maʼlumotiga koʻra, rahbariyat bu muammo bartaraf etilgandan soʻng jamoadagi vaziyat oʻzgarishiga ishonishmoqda. Faqat ikki nafar oʻyinchining holatiga eʼtiroz yoʻq. Bular darvozabon Tibo Kurtua va hujumchi Kilian Mbappe.

Eslatib oʻtamiz, "qirollik klubi" soʻnggi 3 ta uchrashuvning faqat bittasida gʻalaba qozonishga erishdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!