“Real” “Roma”dan hujumchi sotib oladi

  • 06.04.2023 16:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi o‘yinchi oladi.

Forza Roma saytining ma’lum qilishicha, madridliklar nishoniga “Roma” hujumchisi Paulo Dibala tushdi.

Manbaning ta’kidlashicha, madridliklar  argentinalik jahon chempionini 20 million evroga sotib olish imkoniyatidan foydalanmoqchi.

29 yoshli futbolchi Rimga kelganidan keyin Joze Mourino jamoasining haqiqiy etakchisiga aylandi. Joriy mavsumda u o‘z hisobiga 13 ta gol va 8 ta assist rasmiylashtirdi.

Dibalaning shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan bo‘lsa-da, mashhur hujuchi “Real”dek buyuk klubda o‘ynash imkoniyatini qo‘ldan chiqarmasligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!