“Real” Ronalduning qaytishiga munosabat bildirdi
“Real”ning asosiy hujumchisi Karim Benzema jarohati tufayli Qatardagi jahon chempionatida ham qatnasha olmayapti.
Ispan matbuoti frantsiyalik hujumchi o‘rniga madridliklar “Manchester Yunayted” bilan xayrlashish arafasida turgan Krishtianu Ronalduni olib kelishni rejalashtirayotgani haqida xabar tarqata boshladi.
Biroq, “Real”ga yaqin bo‘lgan manbalar, bu variantni inkor etdi. “Qirollik klubi” rahbariyati 37 yoshli hujumchini ortga qaytarishda mantiq yo‘qligini ta’kidlamoqda.
Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi eng yorqin davrini aynan Madrid klubida o‘tkazgan. Portugaliyalik yulduz madridliklar safida ikki marotabadan Ispaniya chempionati, kubogi, Superkubogi, UEFA Superkubogi, uch marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va to‘rt marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar