“Real” sobiq futbolchisi: "Barselona" juda zo‘r o‘yin ko‘rsatyapti

  • 25 oktabr, 2024, 19:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkent vaqti bilan 26-oktyabrdan 27-oktyabrga o‘tar kechasi La Ligada "Real Madrid" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi. Madrid jamoasining sobiq futbolchisi Guti “El-Klasiko” haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Gutining so‘zlariga ko‘ra, "qirollik klubi” ko‘p gol uriladigan o‘yinda, qiyinchilik bilan g‘alaba qozonadi.

Tecno

-Men uchun “Real” g‘alaba qozonishi aniq. Ammo g‘alaba oson bo‘lmaydi, chunki "Barselona" juda zo‘r o‘yin ko‘rsatyapti. Bu uchrashuv gollarga boy bo‘ladi,-dedi ispaniyalik sobiq yarim himoyachi.

Hozirda Ispaniya chempionatining turnir jadvalida “ko‘k-anorranglilar” 27-ochko bilan 1-o‘rinda ketmoqda. Madridliklar bo‘lsa, 24 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!