"Real" sobiq himoyachisini jamoaga qaytarmoqchi

  • 3 may, 15:42
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" Teo Ernandesga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "As" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Milan"ning 27 yoshli futbolchisi madridliklarning chap himoya pozitsiyasini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanmoqda.

"Qirollik klubi" uchun mazkur transfer bir nechta maqbul mezonlarga mos keladi: futbolchining yoshi, shartnoma shartlari va jamoaga tezda moslashishi. Frantsiyalik futbolchining Italiya klubi bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Teo 2017-18 yilgi mavsumda "Real" safida to‘p tepgan. Joriy mavsumda u "Milan" tarkibida A Seriyada 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!