Asosiy mazmunga oʻtish

“Real” superfutbolchi uchun taklifni 180 millionga ko‘tardi

“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres “Bavariya” qanot hujumchisi Maykl Oliseni sotib olish uchun taklifni 180 million evrogacha oshirishga tayyor.

Bu haqida Defensa Central nashri jurnalist Migel Serranoq tayanib xabar bermoqda.

Avvalroq “Qirollik klubi” rahbari fransiyalik futbolchi transferi uchun 150 million evro to‘lashi haqida xabarlar chiqqan edi.

Shuningdek, jurnalist Ramon Alvares Maykl Olisening o‘zi ham  “Real”ga o‘tishni istayotganini ta’kidlagan.

O‘tgan mavsumda Olise barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuvda ishtirok etib, 22 ta gol va 31 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 150 million evroni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q