“Real” tarixida eng buyuk futbolchi kim bo‘lgani aytildi

  • 28.12.2025 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi sobiq himoyachisi Lukas Vaskes jamoa tarixidagi eng buyuk futbolchi kim ekanini aytdi. Ispaniyalik futbolchi o‘zining sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduni ajratib ko‘rsatdi.

- Men Ronalduni “Real” tarixidagi eng buyuk o‘yinchi, deb hisoblayman, - dedi Vaskes Diario AS nashriga bergan intervyusida.

Portugaliyalik hujumchi 2009-2018 yillar davomida “Qirollik klubi” sharafini himoya qilgan. Ayni paytda besh karra “Oltin to‘p” sohibi Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida to‘p surmoqda.

Lukas Vaskes esa, “Real” tizimida jami qariyb 17 yil faoliyat yuritgan. Joriy yil avgust oyida 34 yoshli futbolchi Germaniyaning “Bayer” (Leverkuzen) klubiga o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!