
"Real" tez kunlarda himoyachi transferini e’lon qiladi
"Real" yozgi transfer bozorida markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolab bo‘ldi. Marca nashri xabariga ko‘ra, Madrid klubining tarkibini hozirda "Bornmut" safida to‘p surayotgan Din Xeysen to‘ldiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, "qirollik klubi" ushbu kelishuvni to‘liq yakunlagan, hozirda esa tomonlar hujjat almashmoqda. Ular imzolangach, transfer rasman e’lon qilinadi.
"Real" Din Xeysen uchun "Bornmut"ga 50 million funt (taxminan 60 million evro) to‘laydi — bu to‘lov uchta bosqichda amalga oshiriladi.
Madrid klubi Din Xeysenni 1–10 iyun oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Aynan shu muddat FIFA tomonidan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun ochilgan maxsus transfer oynasi hisoblanadi.
Fikrlar