“Real” to‘qqizta futbolchini yo‘qotdi va akademiyadan sakkiztasini oldi
“Real” Ispaniya chempionati doirasida “Selta”ga qarshi safar uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Jarohatlar va diskvalifikatsiyalar sababli Vigodagi o‘yinda Alvaro Arbeloa asosiy tarkibning to‘qqiz futbolchisi xizmatidan foydalanа olmаydi.
Xususan, Kilian Mbappe, Jud Bellingem, Rodrigo, Eder Militao, Dani Sebalyos, David Alaba, Franko Mastantuono, Alvaro Karrerаs va Din Xöysen turli sabablarga ko‘ra noma’lum muddatlarga safdan chiqqan.
Bundan tashqari, Raul Asensioning o‘yinda ishtirok etishi ham so‘roq ostida turibdi.
Kadrlar bilan bog‘liq muammolar tufayli “Real” birinchi jamoa mashg‘ulotlariga akademiyadan darhol sakkiz nafar futbolchini jalb qildi.
Fikrlar