
“Real” transfer bozorida inqilob qiladi
Madridliklar kelasi yilgi transferlar mavsumida tarkibni tubdan yangilashga qaror qildi. Zinedin Zidan transfer bozorida inqilob qilib, jamoani asosan hamyurtlarini jalb qiligan holda qayta shakllantirishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” kelasi yil yozda Kilian Mbappe, Eduardo Kamavinga va Dayot Upamekanoning transferi uchun 250 million funt ajratadigan bo‘ldi. Madridliklar bu futbolchilar bilan hozirdan kelishib qo‘ymoqchi.
Shuningdek, Zidan o‘z jamoasi tarkibida Pol Pogbani ko‘rmoqchi. “Manchester Yunayted” bu futbolchini qo‘yib yuborishi uchun madridliklar 90 million funt tikishga tayyor.
Zidanning rejasiga ko‘ra, Mbappe Karim Benzemaning, Kamavinga Luka Modrichning va Upamekano Serxio Ramosning o‘rnini egallashi kerak.
Fikrlar