
“Real” uch nafar yulduzidan voz kechishga qaror qildi
“Real” mutasaddilari jamoa tarkibini shakllantirishda ayrim o‘zgarishlarga qo‘l uradigan bo‘ldi. Madridliklar yangi ijrochilarga joy ochish uchun hozirgi tarkibdan ayrim o‘yinchilarni chiqarib tashlashga tayyor.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” yozgi transferlar davrida uch nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi.
Lukas Vaskes – uzoq yillar davomida “Real”ga sadoqat bilan xizmat qilgan tajribali o‘yinchining amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. Klub unga yangi bitim bermaydigan bo‘ldi. O‘rniga yosh o‘yinchi olinadi.
David Alaba – og‘ir jarohatdan keyin yuqori sport formasini tiklay olgani yo‘q. Qolversa, avstriyalik himoyachi jarohatlarga moyil bo‘lib qolgani qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Fran Garsiya – chap qanot himoyachisi asosiy tarkibga kira olmayapti. Bu futbolchiga barqarorlik etishmasligi murabbiylar shtabi uchun bosh og‘riq bo‘lyapti. Garsiya Karlo Anchelotti bergan imkoniyatlardan foydalana olmadi.
Fikrlar