“Real” uch yulduzni shubha ostiga oldi

  • 05.01.2026 09:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubida uch nafar yulduz futbolchining kelajagi bo‘yicha shubhalar mavjud. Gap Vinisius Zhunior, Daniyel Karvaxal va Antonio Ryudiger haqida bormoqda.

ESPN xabariga ko‘ra, “Qirollik klubi” rahbariyati bu futbolchilarning keyingi mavsum ham  jamoada qolishiga to‘liq ishonchi komil emas.

25 yoshli Vinisiusning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan, 33 yoshli Karvaxal va 32 yoshli Ryudigernig shartnomalari esa kelasi yozda o‘z yakuniga yetadi.

Vinisius Zhunior o‘ta katta maosh talab qilayotgani “Real”ga u bilan yangi bitim imzolash imkonini bermayapti.

Klub keyingi paytda tarkibni yoshartirish siyosatiga e’tibor qaratayotgani bois, Karvaxal va Ryudigerga yangi shartnoma taklif qilinmasligi ehtimoli ortib boryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!