"Real" va "Arsenal" futbolchilari Olimpiadada ishtirok etadi

  • 14 may, 2021, 22:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya olimpiya terma jamoasi Tokioda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, tarkibga yosh futbolchilar bilan bir qatorda "Zenit" yarim himoyachisi Malkom, "Real" hujumchisi Rodrigo, mavsumni "Borussiya" Dortmundda ijarada o‘tkazayotgan "Real" yarim himoyachisi Reyner va “Arsenal”ning ikki futbolchisi – Gabriel hamda Martinelli ham jalb etilgan.

Bundan avvalroq PSJ hujumchisi Neymar ham Olimpiadada ishtirok etish istagi borligini ma’lum qilgan edi.

Braziliya terma jamoasi Germaniya, Kot-d'Ivuar hamda Saudiya Arabistoni bilan bir guruhdan joy olgan.

“Tokio-2020” 23 iyuldan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Futbol musobaqalari esa 21 iyuldan 7 avgustgacha o‘tkaziladi.

1_3

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!