"Real" va "Barsa" "yangi Lukaku" uchun kurashadi

  • 5 may, 2020, 11:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" va "Barselona" klublari "Vitoriya Gimaraesh" hujumchisi Erkulan Nabian uchun kurash boshladi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ispan grandlari “yangi Lukaku” deya e’tirof etilayotgan 16 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq qo‘lga kiritishmoqchi. Unga shuningdek “Monako” va PSJ ham xaridor bo‘lmoqda.

Nabian so‘nggi 2 ta mavsumda "Vitoriya Gimaraesh"ning yoshlar jamoasida jami 43 ta gol urishga erishdi. U Portugaliya U17 terma jamoasida ham 7 ta o‘yin o‘tkazgan va raqiblari darvozasiga 4 ta urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!