
"Real" va "Barselona" qiziqqan futbolchi APL klubiga o‘tdi
Ispaniyaning "Malaga" klubi hujumkor yarim himoyachisi Antonio Kordero faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi. 18 yoshli futbolchi "Nyukasl" sharafini himoya qiladi. Futbolchi transferini klub matbout xizmati rasman e’lon qildi.
Yangi futbolchi ingliz klubiga kelasi oy boshida, uning ispan klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi yakunlangach erkin agent sifatida qo‘shiladi.
O‘tgan mavsumda Kordero 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 7 ta golli uzatma bilan ajralib turdi. Eslatib o‘tamiz, ko‘plab insayderlar futbolchiga "Real" va "Barsa" qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqatishgan edi.
"Nyukasl" esa, yakuniga etgan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab, UEFA Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar