"Real" va "Barselona"ga bitta futbolchi kerak
Ispaniyaning ikki grandi "Tottenxem" himoyachisi Kristian Romeroga qiziqish bildirmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, argentinalik markaziy himoyachi Kristian Romeroning xizmatlariga Ispaniyaning ikki yetakchi klubi "Real Madrid" va "Barselona" jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Mundo Deportivo" nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "qaymoqranglilar" yozgi transferlar bozorida markaziy himoyachi sotib olishni maqsad qilgan. Shu sababdan ham Romero madridliklarning asosiy transfer nishoniga aylangan. Bundan tashqari, 27 yoshli futbolchi uchun Kataloniyaning "Barselona" va Madriddning "Atletiko" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Romeroning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi. "Transfermarkt" portali himoyachini 60 million yevroga baholagan.
Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi a’zosi joriy mavsumda umumiy 28ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol va 4ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar