"Real" va "Manchester Siti" Germaniya terma jamoasi himoyachisini qo‘lga kiritishmoqchi
"Ayntraxt" klubi qanot himoyachisi Nataniel Braun Madridning "Real" va "Manchester Siti" klublari ro‘yxatida bor. Bu haqda SPORT BILD xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, har ikki klub joriy yilning oktyabr oyida Germaniya terma jamoasi safida debyut qilgan 22 yoshli futbolchining muvaffaqiyatlarini kuzatib bormoqda. 2024 yilda "Ayntraxt" sport direktori Markus Kreshe Braunni "Nyurnberg"dan uch million evroga sotib olgandi, ammo endi klub himoyachini bu summadan o‘n barobar qimmatroq deb hisoblamoqda.
Joriy mavsumda Braun barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Braunning "Ayntraxt" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining narxi 30 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar