
"Real" va Mbappe o‘rtasidagi shartnoma shartlari ma’lum bo‘ldi
Madridning "Real" klubi rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda Insayder Janluka Di Martsio xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishilgan. Manbada ta’kidlanishicha, Madrid klubi Kilian bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.
Mbappe barcha soliqlardan tashqari yiliga 25 million evro maosh ishlab topadi. Shu bilan birga, u shartnoma imzolagani uchun taxminan 100 million evro bonus olishi ko‘zda tutilgan.
Shartnomaga ko‘ra, Kilian Mbappe "Real" Madridning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. Ayni paytda bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkich Eden Azarda (14,5 million evro).
Mbappening PSJ bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar