"Real" va MYu bir futbolchi uchun kurashmoqda
"Lill" klubi yarimhimoyachisi Ayub Buaddiga top jamoalar qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Footmercato" nashri xabar bermoqda.
Manbada yozilishicha, frantsiyalik futbolchiga "Real Madrid", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda. Frantsiya klubi 18 yoshli futbolchi bilan yaqinda shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, yarim himoyachi uchun foydali taklif olgan taqdirda uni qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgan.
Buaddining hozirda transfer bozoridagi narxi 30 million evroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilda yakuniga etadi.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi joriy mavsum "Lill" safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar