“Real”: Vinisius ketsa, o‘rniga 100 million evrolik yulduz keladi

  • 31.12.2025 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” bilan yangi shartnoma tuzish bo‘yicha kelisha olmayotgan Vinisius Juniyor joriy mavsum yakunlangandan keyin Madrid shahrini tark etishi mumkin.

“Qirollik klubi” ham keyingi mavsumlarda tanqidlarga nishon bo‘layotgan va muxlislar bilan orasi buzilgan yulduzni sotib yuborishga qarshi emas.

Madridliklar uning o‘rnini bosa oladigan futbolchi ham topib qo‘ydi. Agar Vinisius kelasi yoz boshqa klubga sotib yuborilsa, “Real” Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi PSJdan portugaliyalik pleymeyker Vitinyani xarid qiladi.

Cadena Ser nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Vinisius 2027 yilning yozida tugaydigan kelishuvni uzaytirmaslik ehtimoli oshib boryapti. Madridliklar uni 100 million evrodan yuqori narxda sotadi.

Vinisiusning transferidan keladigan mablag‘ esa, Vitinyaning xaridiga yo‘naltiriladi. Chunki ishonchli manbalar portugaliyalik futbolchi shartnomasida 100 million evrolik badal miqdori ko‘rsatilgan band bor va “Real” uni aktivlashtirishni ko‘zlagan.

Vitinyaning parijliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 110 million evroni tashkil etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!