"Real" Vinisius va Rodrigoni o‘rnini bosadigan futbolchi topdi
Madridning "Real" klubi yozda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Vinisius va Rodrigoning o‘rniga o‘rinbosar topdi.
"Defensa Central" nashri xabar berishicha, "qirollik klubi" braziliyalik futbolchilarning o‘rnini bosa oladigan futbolchi topgan. "Qaymoqranglilar" "Leyptsig" hujumchisi Yan Dyomandeni uz safiga qo‘shib olishni ko‘zlamoqda. Nemis klubi futbolchi uchun kamida 100 million yevro talab qilmoqda. Lekin madridliklar hozircha bunday summani to‘lashga tayyor emas.
19 yoshli hujumchining ayni vaqtda “transfermarkt” portalidagi narxi 45 million yevroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Dyomande joriy mavsum "Leyptsig" safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar