
"Real" Vitinya uchun 130 million evro sarflashga tayyor
Portugaliya terma jamoasi va PSJ klubi yarim ximoyachisi Vitinya faoliyatini Madridning "Real"ida davom ettirishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, "qaymoqranglilar" 25 yoshli futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Avvalroq madridliklar ushbu transfer imkonsiz, deya baholab undan voz kechgandi. Biroq "qirollik klubi" ushbu transferga yana qaytgan va super yulduz uchun 130 million evro to‘lashga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
O‘tgan mavsumda Vitinya umumiy 59 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi yakuniga etgan mavsumda klub va terma jamoa bilan umumiy 5 sovrinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar