“Real” xўjayini “Barsa”ning yorqin yulduzini oladigan bo‘ldi
“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres 2000 yilda Luis Figu “Barselona”dan “Real”ga o‘tganidek tarixiy transferni takrorlash va kataloniyaliklarning yarim himoyachisi Pedrini qo‘lga kiritish istagini bildirdi.
Bu haqida jurnalist Siro Lopes va El Desmarque nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Peres uchun masala tarkibni kuchaytirishdan ko‘ra, ashaddiy raqib “Barselona”ning asosiy o‘yinchisini Kataloniyadan olib ketishga borib taqaladi.
Lopesning ta’kidlashicha, Pedrining 2030 yilgacha shartnomasi va bir milliard evrolik kompensatsiya summasi sababli bu transfer deyarli imkonsiz. Futbolchining o‘zi ham o‘zini Kataloniya klubining bir qismi deb hisoblaydi.
“Real”ga Pedrini Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirish juda qiyin bo‘ladi.
Pedri 2019 yildan beri “Barselona” asosiy tarkibida o‘ynab kelmoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 227 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol va 29 ta golli uzatma qayd etgan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 140 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar