“Real“ Xoland uchun jiddiy taklif yuborishga tayyor

“Real“ Madrid “Borussiya“ Dortmund futbolchisi Erling Xolandni sotib olishga jiddiy kirishgan. Klub uni yozgi transferlar oynasidayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

“Qaymoqranglilar“ norvegiyalik forvard uchun katta summa va Luka Yovichni taklif qilishni rejalashtirgan. Bu haqda “The Sun“ nashri xabar berdi.

Avvalroq, “Real“ Xolandni 2023 yilda o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar chiqqandi. Biroq ko‘rinib turibdiki, “qirollik klubi“ning norveg borasida maqsadi ancha jiddiy.

Ma’lumot o‘rnida, Erling Xoland joriy mavsum Bundesliganing 14 bahsida 16 gol va 6 assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!