“Real”: Xolandni olmaymiz, undan zo‘ri chiqib qoldi!
Ispaniya chempionatining eng badavlat klubi “Real” 2027 yilning yozida amalga oshiriladigan transferlar rejasini shakllantirmoqda. Madrid klubida transferlarni bir necha yil oldindan rejalashtirish va shunga ko‘ra harakat qilish yaxshi an’anaga aylangan.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, klub uchun ustuvor variantlardan biri “Liverpul” hujumchisi Ugo Ekitike hisoblanadi.
23 yoshli forvard “Enfild”dagi muvaffaqiyatli debut mavsumidan so‘ng “Qirollik klubi” e’tiborini tortgan. Fransiyalik to‘purar 42 o‘yinda 17 ta gol urdi.
Qayd etilishicha, “Real” skautlari Ekitike atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Aslida “Real” xo‘jayini Florentino Peres jamoasiga “Manchester Siti” to‘purari Erling Holandni olib kelishni anchadan beri mo‘ljallab yurgan edi. Biroq norvegiyalik hujumchining transferi da’vog‘ar jamoalarga kamida 200 million yevroga tushadi. Bu summa madridliklarni ham o‘ylantirib qo‘ymoqda.
Qolaversa, Erling Holandning xizmat haqi Ugo Ekitikekenikidan ancha baland hisoblanadi. Holand Evropadagi futbolchilar orasida eng katta maosh oladigan o‘yinchilardan biridir.

Fikrlar