"Real" yana nemis futbolchisi nomzodiga qaytdi
Dortmundning «Borussiya» jamoasida to‘p surib kelayotgan markaziy himoyachi Niko Shlotterbek yana bir bor Madridning «Real» klubi diqqat markaziga tushdi. Bu haqida nashr BILD xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga jami olti klub da’vogarlik qilmoqda, ular orasida «Real» ham bor. Ta’kidlanishicha, Shlotterbekning «Borussiya» bilan tuzgan shartnomasida 60 million yevro miqdorida to‘lov majburiyati (klausula) belgilangan. Bu esa ehtimoliy xaridorlar uchun transferni amalga oshirishni ancha osonlashtiradi.
Joriy mavsumda Shlotterbek Germaniya chempionatida faqat bitta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi. Mavsum boshidagi bir qator uchrashuvlarni himoyachi jarohati sabab o‘tkazib yuborgan edi.
Shlotterbekning amaldagi mehnat shartnomasi «Borussiya» klubi bilan 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar