"Real" yangi bosh murabbiy tanladi
Jurnalist Serxio Valentin ma’lumotlariga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyligiga ehtimoliy nomzodlar orasida Didier Desham ham bor.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati Joze Mourin’yo qo‘l ostidagi o‘yinlardan to‘liq qoniqmayapti. Shu bilan birga, futbolchilar portugaliyalik mutaxassisni hali ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Yozgi transfer oynasida esa unga tarkibni shakllantirish bo‘yicha katta vakolatlar berilgan edi.
To‘qqiz turdan so‘ng "Real" 21 ochko jamg‘argan va La Ligada uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Didier Desham 2026 yil yozidan beri ishsiz. U shu paytda Frantsiya terma jamoasini tark etgan edi.

Fikrlar